Koronavirus ekologiya uchun foydali?!

12:24 02 Mart 2020 Dunyo
1688 0

Foto: www.google.com

Xitoyda tarqalgan koronavirus epidemiyasining foydali jihatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda NASA koinot agentligi. NASA maʼlumotlariga koʻra, Uxan shahri osmoni kutilmaganda juda toza koʻrinish olgan.

NASAning xabar qilishicha, garchi bu chora-tadbirlar iqtisodiy jihatdan zarar keltirgan boʻlsa-da, ekologik jihatdan juda katta foydaga sabab boʻlgan. “Biz birinchi bor atmosfera bu qadar toza koʻrinish olganiga guvoh boʻldik — deyiladi NASA bayonotida.

Qayd etilishicha, avvaliga faqat Uxan shahri osmoni tozalana boshlagan. Keyinchalik atrofda ham karantin holati joriy etilgach, atmosferaga chiqayotgan zararli tutunlar 10-30 foizga kamaygan.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning dekabr oyida kasallik tarqagach, Xitoy hukumati karantin joriy etdi. Natijada koʻplab zavod va fabrikalar faoliyati toʻxtatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?