Koronavirus: Dunyoda vaziyat qanday?

12:21 01 Iyul 2021 Dunyo
871 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 181 million 521 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 937 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 337 163 yangi holati aniqlandi. 6 617 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 182 million 204 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 947 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,317 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,362 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (18,448 milliondan ortiq),

toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,662 milliondan ortiq),

beshinchi oʻrinda esa Rossiya (5,514 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 18 442, Hindistonda 45 951, Braziliyada 27 804, Fransiyada 1 104, Rossiyada esa 21 042 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 191 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?