Koronavirus: Dunyoda “omikron”ning qaysi mutatsiyalari yetakchilik qilmoqda?

Illustrativ foto
Soʻnggi oylarda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasining yangi toʻlqini aksariyat mamlakatlarda kasallanishlar soni oʻsishiga sabab boʻlyapti. Mutaxassislar buni SOVID-19 jadal surʼatlarda mutatsiyaga uchrayotgani bilan izohlamoqda. Oqibatda jahon boʻylab “omikron”ning yangi versiyalari keng tarqalyapti.
Hozirgacha mazkur shtammning B.1.1.529, BA.1, BA.2, BA.3, BA.4, BA.5 kabi qator subvariantlari maʼlum. Ular inson organizmining gumoral immunitetini chetlab oʻtish xususiyatiga egaligi hamda yuqumlilik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Xususan, BA.5 varianti shu yilning aprelida dastlab Afrika mintaqasi, iyun-iyul oylarida esa AQSH va Yevropa, keyinroq Rossiyada dominantga aylandi. Olimlar uning yuqish darajasini oʻta yuqori deb hisoblaydi.
Toʻgʻri, ushbu versiya bemorlarda “delta” shtammiga nisbatan yengil kechmoqda, asoratlari ham birmuncha kam. Ammo uning tarqalish shiddati baland va qamrovi keng.
Ayni shu omillar tufayli Yer yuzida epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Pandemiya davridagi kasallanishlar soni boʻyicha quyidagi davlatlar yetakchilik qilyapti.
AQSH — 110,6 million;
Hindiston — 44,6 million;
Fransiya — 37,8 million;
Germaniya — 36,4 million;
Braziliya — 35,3 million;
Janubiy Koreya — 27,1 million;
Yaponiya — 24,7 million;
Italiya — 24,7 million;
Buyuk Britaniya — 24,2 million;
Rossiya — 21,5 million.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring