Koreyaning “DHMC” tashkiloti bilan memorandum imzolandi

15:06 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
223 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.

Delegatsiya aʼzolari kemasozlik bilan shugʻullanuvchi “DHMC” tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasining “DHMC” tashkiloti bilan ogʻir sanoatda Oʻzbekiston fuqarolarini vaqtincha mehnat faoliyatiga jalb qilish boʻyicha memorandum imzolandi.

Ayni paytda mazkur tashkilotda ishlayotgan 20 nafarga yaqin oʻzbekistonlik mehnat migrantlari bilan ham uchrashuv oʻtkazildi. Ularning yashash va ish sharoitlari bilan tanishildi, muammolari oʻrganildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер