Koreyaga boruvchi mehnat migrantlari uchun EPS-Topik test imtihoni 2-iyundan 15-iyulgacha boʻlib oʻtadi

07:42 31 May 2022 Jamiyat
587 0

Foto: Illustrativ foto

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxoʻja Norov xorijga mehnat migranti sifatida chiquvchilar uchun ayrim maʼlumotlarni taqdim etdi.

Fuqarolar imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin koʻrsatilgan manzilga yetib kelishi va roʻyxatdan oʻtishi lozim.Shuningdek, Fuqarolik hamda xorijga chiqish pasportini olib kelmagan va belgilangan sana, vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.

EPS-Topik UBT test imtihoni qoidalarini buzgan fuqarolar 3 yil davomida test imtihonida qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?