Koreyada moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqaroga yordam koʻrsatildi

08:55 11 Iyun 2021 Jamiyat
119 0

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Surxondaryolik U.M Koreya Respublikasiga Ye-9 vizasi bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradi.

Kongju shahridagi “NC ONE CO.LTD” korxonasida ishlayotgan vaqtda salomatligi yomonlashib, shifoxonaga yotqiziladi. U yerda U.M ning oshqozoni operatsiya qilinadi.

Murakkab jarrohlik operatsiyadan soʻng moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqaroga Jamgʻarma hisobidan 1 500 000 von (taxminan 1350 AQSH dollari) miqdorida shifoxona xarajatlari uchun Agentlikning Kvangju shahridagi vakolatxonasi tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?