Koreyada ishlash istagida boʻlganlar uchun 14-martdan 7-aprelga qadar EPS-Topik test imtihoni boʻlib oʻtadi

Foto: Arxiv surat
2023-yilda tashkil etiladigan EPS-Topik test imtihonida ishtirok etish maqsadida joriy yil 6-9-fevral kunlari labormigration dasturiy majmuasida 24 942 nafar nomzod roʻyxatdan oʻtgan.
Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga asosan nomzodlarning 9 000 nafari uchun koreys tilidan EPS-Topik test imtihoni joriy yil 14-martdan 7-aprelgacha boʻlib oʻtadi. Roʻyxatdan oʻtgan qolgan nomzodlar uchun oʻtkaziladigan test imtihoni toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlum qilinadi.
Imtihon Toshkent shahri Yangihayot tumani Lutfikor koʻchasi 33-uyda oʻtkaziladi.
Nomzodlardan quyidagi hujjat va maʼlumotlar talab etiladi:
Birinchisi, xorijga chiqish pasporti;
Ikkinchisi, 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli va rangli 2 dona fotosurat.
Nomzodlar roʻyxati labormigration dasturiy majmuasida eʼlon qilingan.
Shu bilan birga, imtihonda ishtirok etuvchi nomzodlarni ogohlantirib oʻtamiz.
1. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan nomzodlar imtihonga kiritilmaydi.
2. Nomzodlar imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin koʻrsatilgan manzilga yetib kelishi va roʻyxatdan oʻtishi lozim.
3. Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartlariga koʻra, EPS-Topik test imtihoni takror yoki qayta appelyatsiya tarzida oʻtkazilmaydi.
5. Elektron vositalar, xususan, mobil telefon, elektron soat, shpargalka kabilardan foydalanish qatʼiyan man etiladi.
6. Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talablariga muvofiq, EPS-Topik test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida testda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
Imtihon vaqtidagi har bir nojoʻya harakatlar videokuzatuv kamerasi orqali aniqlanib boriladi.
Imtihon haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy axborot kanallari orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlardan boshqa xabarlarga ishonmaslik, vositachi shaxslar “xizmatlari”dan foydalanmaslik, turli toʻlovlarni amalga oshirmaslik soʻraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring