Koreya telekanali ijodkorlari yurtimizda Oʻzbekiston haqida hujjatli film suratga olmoqda

15:58 07 Avgust 2022 Jamiyat
598 0

“EBS1” telekanali ijodiy guruhi “Oʻzbekiston – shirin hislar mamlakati” nomli navbatdagi sonini tasvirga olmoqda.

Mazkur sonda Oʻzbekistonning koʻzga koʻringan maskanlari, oʻzbek xalqining milliy taomlari, meʼmoriy yodgorliklari, madaniyati va anʼanalari haqida hikoya qilinadi. Hujjatli filmni joriy yilning sentyabr oyida efirda namoyish etish moʻljallangan.

Taʼkidlash kerakki, ijodiy guruhning Toshkent shahridan tashqari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlariga ham tashrifi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?