Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasi tadbirkorlarga boshqaruvga beriladi

20:09 19 Sentyabr 2022 Siyosat
367 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Yigʻilishda infratuzilma masalasi haligacha dolzarb boʻlib qolayotgani taʼkidlandi.

Ushbu masalalarni hal etish uchun 200 milliard soʻm ajratilsa, kamida 3 million turistni jalb qilish mumkin.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda turizm mahallalarida yoʻl, elektr, suv va internet muammosini hal etish boʻyicha hukumat qarorini kiritish;

ushbu dasturni moliyalashtirishga yiliga 200 milliard soʻm ajratish;

yil yakunigacha oilaviy mehmonxonalarni koʻpaytirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlariga qoʻshimcha 500 milliard soʻm yoʻnaltirish;

kelgusi yil 1-aprelga qadar Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasini tadbirkorlarga boshqaruvga berib, ularni tematik turizm qishloqlariga aylantirish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?