Koreya Respublikasi Oʻzbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi

11:49 27 Oktyabr 2021 Jamiyat
349 0

Oʻzbekistonning qidiruvda boʻlgan fuqarosi Yu.U. Seuldagi chegara nazorat punktidan oʻtayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Yu.U. OʻzR JK 168-moddasiga (firibgarlik) asosan, katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan edi.

Maʼlum boʻlishicha, Yu.U. Koreya hududida boʻla turib, Oʻzbekiston firmalari birining vakili boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi Yu.I.ning ishonchiga kirib, Koreyada ishlash uchun odam topib berishini taklif qilgan.

Yu.I. chet davlatda ishlashni istaganlarni topib, ular banklar orqali Yu.U. hisob raqamiga 507,7 mln soʻm (54,6 ming AQSH dollari) oʻtkazib yuborgan. Evaziga u Koreyada ishlash uchun taklifnoma joʻnatib turgan va nomaʼlum joyda yashirinib yurgan.

Hozirda uni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?