Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

15:16 05 Aprel 2021 Siyosat
446 0

2021-yil 5-7-aprel kunlari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif buyuradi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Koreya Pak Byon Sok bilan uchrashuvlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida Koreya madaniyati va sanʼati uyida Koreya Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuv, Toshkent shahridagi Milliy bolalar tibbiyot markaziga tashrif buyurish, “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gulchambar qoʻyish, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?