Koreya korporatsiyasi Fargʻonada paxta-toʻqimachilik klasteri tashkil etadi

19:01 12 May 2022 Jamiyat
607 0

Foto: Халқ сўзи

Ayni kunlarda Koreya Respublikasining “POSCO International” korporatsiyasi prezidenti Jo Si Bo boshchiligidagi delegatsiya Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi.

Kuni kecha koreyalik investor bilan Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov qabulida boʻldi. Uchrashuvda Yozyovon tumanida Koreya kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan paxta-toʻqimachilik klasteri, “POSCO textile Fergana” korxonasida mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, koreyalik tadbirkorlar tomonidan Fargʻona viloyatida qurilish, kimyo sanoati, axborot texnologiyalari hamda kasbiy taʼlim sohalarida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish borasida ham qator tashabbuslar ilgari surildi.

Oʻz navbatida delegatsiya aʼzolari Yozyovon tumanida boʻlib, qishloq xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, paxtachilik tarmogʻidagi yangi innovatsion, ilmiy-amaliy tajribalar bilan yaqindan tanishdi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?