Koʻp kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qoʻshimcha obyekt qurish taqiqlanadi

11:17 05 Avgust 2022 Jamiyat
357 0

Foto: president.uz

“Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–346-son, 04.08.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2022-yil 1-sentyabrgacha muammoli kredit qarzi bor uy-joy mulkdorlari shirkatining (JEK) boshqaruv usulini oʻzgartirish boʻyicha umumiy yigʻilish qarori qabul qilinsa, ular davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Bunda:

— muammoli bank kreditlari bor shirkatlar bankning xulosasi olingan taqdirda tugatilishi mumkin;

—tugatilgan yoki boshqarish usuli oʻzgartirilgan shirkatlar boshqaruvidagi koʻp kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori boʻlgan boshqaruvchi tashkilotlar jalb qilinadi;

— Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi jalb qilingan boshqaruvchi tashkilot faoliyatini, xizmatlar sifatini 6 oy monitoring qiladi va koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmagan boshqaruvchi tashkilotlarga choralarni qoʻllaydi.

2022-yil 1-noyabrdan:

— koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan soʻng amalga oshiradi;

— uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk roʻyxati aniq koʻrsatiladi;

— qurilishi tugallangan koʻp kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan soʻng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qoʻshimcha obyekt qurish uchun oʻzgartirish kiritish taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?