Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiluvchi subyektlar doirasi kengaytirilmoqda

2021-yil 13-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda atroflicha koʻrib chiqdilar.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Konstitutsiyaviy sudning faoliyati 2017-yil 31-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun bilan tartibga solib kelinmoqda. Ammo Konstitutsiyaviy sudda ish yuritishning protsessual qoidalari Konstitutsiyaviy sudning oʻzi tomonidan tasdiqlangan Reglament bilan belgilab berilgan. Aksariyat mamlakatlarning Konstitutsiyaviy sudlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida bunday qoidalarni Konstitutsiyaviy sud tomonidan emas, balki qonun bilan belgilanishi nazarda tutilgan. Chunki ish yuritishning protsessual qoidalari bevosita inson huquqlarini amalga oshirish bilan bogʻliq va shuning uchun ham ular qonun bilan belgilanishi lozim.
Shuningdek, konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish amaliyotining tahlili mamlakatimizda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishda hal etilishi lozim boʻlgan yana bir qator dolzarb muammolar hamda huquqiy jihatdan tartibga solinishni taqozo etiladigan masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Qonun loyihasida fuqarolar va yuridik shaxslarga, shuningdek Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakilga Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berilib, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiluvchi subyektlar doirasi kengaytirilmoqda.
Qonun loyihasida Konstitutsiyaviy sud vakolatlari, Konstitutsiyaviy sud sudyasining maqomi, Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish va murojaatni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va oʻrganish, Konstitutsiyaviy sud muhokamasi, muddatlari, Konstitutsiyaviy sud qarorlarining ijrosi masalalari aniq qilib belgilanmoqda.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yaxshilash, mamlakatimizda fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring