Konstitutsiyaviy qonun loyihasi siyosiy partiyalarning nufuzi oshishiga xizmat qiladi
Joriy yilning 23 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama etildi.
Taʼkidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda milliy davlatchilik taraqqiyotining muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilanib, siyosiy-huquqiy asoslari mustahkamlab qoʻyildi. Muhokama qilinayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarning uzviy davomidir.
Soʻnggi yillarda oʻtkazilgan saylovlarda toʻplangan tajribalar, zamonaviy xalqaro saylov standartlari hamda ilgʻor xorijiy mamlakatlarning bu boradagi amaliyotini hisobga olgan holda tayyorlangan mazkur loyiha milliy saylov tizimining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirilishidagi muhim tarixiy voqealikdir.
Deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan mazkur qonun loyihasi bilan Qonunchilik palatasi deputatlarini shakllantirishning aralash saylov tizimi asosida, yaʼni majoritar-proporsional shaklida oʻtkazish taklif qilinmoqda. Qolaversa, qonun loyihasi bilan saylov qonunchiliklaridagi havolaki normalar aniqlashtirilmoqda.
Muhokamalarda qayd etilganidek, birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matni jamoatchilik muhokamasi uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilganligi uning jamoatchilik fikri asosida ikkinchi oʻqishga yanada takomillashtirilishiga imkoniyat yaratdi. Masʼul qoʻmita tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi davomida kelib tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olish, umumlashtirish, oʻrganish hamda tahlil qilish boʻyicha ishlari yuzasidan bir qator seminarlar va ishchi guruh yigʻilishlari oʻtkazildi.
— Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan bir mandatli saylov okruglarida boshqa nomzodlarga nisbatan koʻproq ovoz olgan deputatlikka nomzod saylangan, deb hisoblanishi belgilanmoqda, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nosirjon Aminov. — Yaʼni mutlaq koʻpchilik emas, balki nisbiy koʻpchilik ovozi bilan deputatlar saylanishi nazarda tutilmoqda.
Fraksiya aʼzolarining fikricha, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining qabul qilinishi referendum va saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtiriladi, Qonunchilik palatasi deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etilishining huquqiy asoslari yaratiladi. Shuningdek, siyosiy partiyalarning nufuzi oshishiga xizmat qiladi.
Qizgʻin muhokamalar natijasidan qonun loyihasi xalq vakillari tomonidan maʼqullandi.
Yigʻilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring