Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qizgʻin muhokama jarayonida

15:33 14 Iyul 2022 Jamiyat
293 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona shahrida Oliy Majlis Senati aʼzosi Manzura Salimova ishtirokida videokonferensaloqa shaklida davra suhbati oʻtkazildi. Unda xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi doimiy komissiyalari raislari, viloyat adliya, soliq, kadastr, moliya, qurilish, favqulodda vaziyatlar, sogʻliqni saqlash boshqarmalari xodimlari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda shahar-tuman studiyalarida mahalliy Kengashlar kotibiyati mutaxassislari ishtirok etdi.

Muloqotda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, keng jamoatchilik oʻrtasida oʻtkazilayotgan muhokama jarayonlari hamda ularda bildirilayotgan talab-takliflar oʻrganildi.

Bosh qomusimizga kiritilayotgan yangilik va oʻzgartishlar mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan senator ishtirokidagi uchrashuv Fargʻona davlat universitetida ham tashkil etildi. Samimiy kechgan muloqotda senator M. Salimova va universitet professor-oʻqituvchilari mavzu yuzasidan oʻzaro fikr almashdi.

Senatorning Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuvlari Fargʻona shahar-tumanlarida 16-iyul kuniga qadar davom etadi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер