Konstitutsiyaviy islohotlar zamirida “Inson qadri uchun” tamoyili mujassam

11:03 01 Iyul 2022 Jamiyat
784 0

Davlat bojxona qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Davlat bojxona qoʻmitasining Markaziy apparati, shuningdek, videokonferensiya tarzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bojxona boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazi, Bojxona instituti va bojxona postlari xodimlari qatnashdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Qahramoni, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Shavkat Ayupov onlayn tarzda ishtirok etdi.

Tadbirni ochar ekan, Davlat bojxona qoʻmitasi Raisi Akmalxoʻja Mavlonov shu kunlarda xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqelik roʻy berayotganini taʼkidlab, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga xalqimiz xohish va istaklaridan kelib chiqib, oʻzgartirishlar kiritilayotganining zamirida “Inson qadri uchun” tamoyili mujassam ekanligini qayd etdi.

Tadbirda Shavkat Ayupov mavzu yuzasidan yigʻilganlarga batafsil maʼruza va taqdimotlarni havola qildi. Eʼlon qilingan Konstitutsiya loyihasiga muvofiq, hujjatning muqaddima qismi va 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar, 6 ta yangi modda kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasi quyidagi tahrirda bayon qilinmoqda:

“Har kim respublikadan tashqariga chiqish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekistonga moneliksiz qaytish huquqiga ega.”

Mazkur norma bilan inson huquqlarining yangi yoʻnalishi belgilab berildi. Endilikda har bir shaxsning bojxona chegarasi orqali Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bojxona chegarasi orqali mamlakatga qaytish huquqi konstitutsiya darajasida kafolatlanmoqda. Shu bilan birga, Konstitutsiyamizning 36-moddasi bilan har kim qonun bilan muhofaza qilinadigan mulkka, shu jumladan intelektual mulkka boʻlgan huquqqa egaligi belgilanmoqda.

Konstitutsiya darajasida intelektual mulkka nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishi fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli mazkur huquqlarni mustahkam kafolatini taʼminlaydi.

Barchaga ayonki, bojxona organlari ham oʻz vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish choralarini koʻradi.

Endilikda Oʻzbekiston Respublikasiga bojxona chegarasi orqali kirib kelayotgan intelektual mulk obyektlariga nisbatan mul huquqini himoya qilishning konstitutsiyaviy asosi yaratiladi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan oʻtkazilgan uchrashuvdagi Konstitutsiyamizning 53-moddasiga “tadbirkorlar tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olish huquqini konstitutsiya darajasida belgilash taklifi bildirilgan. Shuningdek, bojxona oraganlari tomonidan Konstitutsiyamizning 78 va123-moddalariga tegishli takliflar kiritilishi taʼminlangan.

Taʼkidlanganidek, dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari oqibatlari konstitutsiyaviy islohotlarning samaradorligiga qarab har bir davlatning hayoti va rivojlanish jarayonlarida oʻz aksini topadi.

Shuning uchun ham Oʻzbekistonda konstitutsiyaviy sohada olib borilayotgan islohotlar, avvalambor, amaldagi qonunchilik asoslarini dunyo miqyosida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarga, zamon talablariga moslashtirishni talab etmoqda.

Maʼruzachining taʼkidlashicha, soʻnggi oʻn yillikda qaysi mamlakatlarda konstitutsiyaviy oʻzgarishlar amalga oshirilgan boʻlsa, shu davlatlarda qonun ustuvorligi taʼminlangani, jamiyatda jamoat nazorati kuchaygani, ijtimoiy adolat tamoyillari samara bergani hamda biznes subyektlari uchun iqtisodiy erkinlik sharoitlari kafolatlanganini koʻrish mumkin. Natijada aholining manfaatlari birinchi oʻringa chiqqan.

Tadbirda bojxona xodimlari loyiha yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер