Konstitutsiyada onalik va bolalik bilan birga otalik ham davlat muhofazasida boʻlishi yuzasidan taklif bildirildi

15:53 17 Iyun 2022 Siyosat
445 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzolari, ekspertlar va faollar ishtirokida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda ushbu jarayonlarda aholining barcha qatlamlari, jumladan, xotin-qizlar oʻz taklif va tavsiyalari bilan ishtirok etishlari, Bosh Qomusimizning chinakam xalqchil hujjat boʻlishiga xizmat qilish alohida taʼkidlandi.

Ishtirokchilar mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amaldagi Konstitutsiyaga bir qator qoʻshimchalar kiritish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi.

Xususan, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsiz va yolgʻiz keksalar bilan birga ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan va jinoyat qurbonlari boʻlgan xotin-qizlarning ham huquqlari davlat himoyasida boʻlishini taʼminlash, davlat xotin-qizlar va erkaklar oʻz huquqlarini amalga oshirishda teng imkoniyatlarni, shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga teng haq toʻlashni kafolatlash takliflari bildirildi.

Shuningdek, nikoh erkak va ayolning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi hamda Onalik va bolalik bilan birga otalik ham davlat tomonidan muhofaza qilinishi, xalq deputatlari va mahalliy Kengashlari faoliyat muddatlari va vakolatlarini yanada kengaytirishga oid oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan toʻldirish boʻyicha koʻplab takliflar ilgari surildi.

Oʻz navbatida, bildirilgan 40 dan ortiq takliflar umumlashtirilib, Konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?