Konstitutsiya – bu mamlakat taraqqiyoti

Foto: Халқ сўзи
Jizzax shahridagi “Oʻrda” ekologik bogʻi amfiteatrida viloyat tibbiyot tizimi xodimlari ishtirokida mamlakatimizda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan muhim siyosiy jarayon – “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha umumxalq referendumiga bagʻishlab “Inson qadri ulugʻlangan yurt” nomi ostida keng jamoatchilik ishtirokida maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
— Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 48-moddasi “Har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sugʻurtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash choralarini koʻradi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi” degan mazmundagi hayotiy norma bilan mustahkamlab qoʻyildi, — deydi Jizzax viloyat perinatal markazi direktori Nuriddin Shodmonov. — Konstitutsiyaviy islohotlarda “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil ilgari surilib, mamlakatimizda inson qadri, haq-huquqlari, shaʼni har narsadan ustun ekanligi alohida qayd etilgan.
Shuningdek tadbirda soʻzga chiqqanlar Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati, xususan, har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi, aholining ijtimoiy va moddiy farovonligini taʼminlashga qaratilgan asosiy jihatlari haqida gapirib, barchani 30-aprel kuni oʻtkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati boʻlinmasining sanʼatkorlari tomonidan Vatanni madh etuvchi diltortar kuy-qoʻshiqlar ijrosi yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring