Konstantin Petrov: “Fuqarolar kelajagi uchun befarq emas”

14:14 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
222 0

Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov Qozogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Petrov Konstantin Viktorovich va Qozogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati boʻlim boshligʻi Iskakov Dauren Tleukenovich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda xalqaro kuzatuvchilar Oʻzbekiston Prezidenti saylovi jarayonlari, unga tayyorgarlik koʻrish ishlari xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

«Saylovlarni oʻtkazish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirilganini koʻrdik. Oʻzbekistonga kelishimiz bilan mamlakatda amalga oshirilgan islohotlatning samarasini koʻrdik. Fuqarolar saylovlarda juda faol ekan, ular kelajagi uchun befarq emas. Ertaga saylov yuqori darajada oʻtishini taxmin qilyapmiz, chunki fuqarolar ham siyosiy partiyalar ham, fuqarolik jamiyati ham bu uchun harakat qilishmoqda. Oʻtgan 5 yil davomida saylov qonunchiligi takomillashib, nogironligi bor shaxslarning saylov jarayonlarida ishtirok etishida imkoniyatlar kengaytirilgani, barcha shart-sharoitlar yaratilganligining guvohi boʻldik. Saylov uchastkalarida fuqarolarning barcha qatlami uchun teng imkoniyatlar bor», — dedi Qozogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Konstantin Petrov.

Qayd etish joiz, Qozogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayoni boʻyicha kuzatuvni amalga oshiradi.

Rahim SHERQULOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?