“Konigil” turistik qishlogʻida qurilish ishlari qizgʻin

15:39 14 Yanvar 2022 Jamiyat
221 0

Foto: Халқ сўзи

Samarqand tumanidagi “Konigil” turistik qishlogʻida sayyohlar dam olishi, xalq amaliy sanʼati namunalaridan zavq olishi, milliy urf-odatlar, anʼanalar bilan yaqindan tanishishi uchun barcha shart-sharoit yaratilmoqda. Ayni damda bu yerga tashrif buyurgan sayohatchilar hududning betakror tabiatidan bahra olishi, Siyob anhori boʻylab sayr qilishlari va milliy oshxona taomlaridan tatib koʻrishlari mumkin.

 

 

Samarqand viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi maʼlum qilishicha, bugungi kunda “Konigil” turizm qishlogʻida loyihaning 2-bosqich qurilish ishlari olib borilmoqda. Loyihaga koʻra, ushbu manzilda 72 ta lotlar orqali mehmonxonalar, uy mehmonxonalari, savdo rastalari, hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, dam olish maskanlari, uzunligi 2,5 kilometr boʻlgan veloyoʻlaklar va 3,5 kilometr piyodalar yoʻlagi hamda boshqa turizm obyektlari barpo etiladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?