Kommunal qarzlarni undirish haqidagi nizolarni sudlarda koʻrilishi amaliyoti tahlili qanday?
Prokuratura organlari tomonidan kommunal qarzlarni undirish haqidagi nizolarni sudlarda koʻrilishi amaliyoti tahlil etilganda, bu sohada jiddiy qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Oxirgi 3 yilda (2018 — 2020-yillar) iqtisodiy sudlarda jami 7,1 trln. soʻmlik 18.898 ta daʼvo arizalari koʻrilgan boʻlib, ulardan jami 4,4 trln. soʻm yoki 61,9 foizi undirilmagan.
Shundan, 360 mlrd. soʻm qarzdorlik kommunal korxonalarning mansabdor shaxslari tomonidan masʼuliyatsizlik, xizmat vazifalarini lozim darajada yoki umuman bajarmaslik kabi holatlarga yoʻl qoʻyilishi oqibatida undirilmagan.
Masalan, kommunal korxonalar vakillari sud majlisiga sababsiz kelmaganligi, arizalar vakolatsiz shaxs imzolaganligi va nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilmaganligi sababli jami 23,1 mlrd. soʻmlik daʼvo arizalari koʻrmasdan qoldirilgan.
Kommunal korxonalar tomonidan sud qarori bilan muqaddam undirilgan jami 357,4 mln. soʻmlik qarzlarni takroran undirish haqida noqonuniy daʼvolar ham kiritilgan.
Elektr va gaz taʼminoti korxonalari tomonidan jami 4,6 mlrd. soʻm qarzlarni oʻz vaqtida undirish choralari koʻrilmaganligi natijasida hozirda qarzdorlar tugatilib, davlat reyestridan chiqarilgan.
Shu kabi, gaz taʼminoti korxonalarining jami 3,4 mlrd. soʻm qarzdorlikni undirish talablari daʼvo muddati oʻtganligi va shartnomalar davlat roʻyxatidan oʻtmaganligi uchun rad etilgan.
Taʼkidlash lozimki, kommunal korxonalar tomonidan qarzlarni oʻz vaqtida sud orqali undirish choralari koʻrilmaganligi oqibatida, qayd etilgan qarz va penyalarning 8 mlrd. soʻmdan oshigʻini undirish imkoni yoʻqolgan.
Kommunal korxonalarning aybi bilan undirilmagan qarzlar boʻyicha 2 mlrd. soʻmdan ortiq boj toʻlovi undirilishi evaziga davlat korxonalariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
Shuningdek, sudlar tomonidan ushbu toifadagi nizolar boʻyicha noqonuniy qarorlar qabul qilinishi oqibatida 206,3 mlrd. soʻmlik qarzdorliklarni undirilishi taʼminlanmagan.
Prokuratura organlari tomonidan qayd etilgan qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan kommunal korxonalarga 34 ta taqdimnoma kiritilib, 424 mln. soʻm zararni ixtiyoriy undirilgan.
Qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning 78 nafari intizomiy va 17 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan hamda sudlarga 10,3 mlrd. soʻmlik qarzdorliklarni undirish haqida 123 ta daʼvo arizalar kiritilishi taʼminlangan.
Jiddiy qonun buzilishi holatlari yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash lozimki, 2017 — 2020-yillarda sudlarning 215 mlrd. soʻm kommunal qarzlarni undirishni rad etgan qarorlari prokurorlarning protestlariga asosan bekor qilinib, davlat manfaatlari himoya qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring