Komissiya aʼzolari mahalla kayvonilari bilan suhbatlar oʻtkazdi

Ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha komissiya aʼzolari inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzish bilan bogʻliq holatlar va hodisalarni oʻrganishmoqda.
Komissiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasida boʻlib, 1-2-iyul kunlari Qoraqalpogʻistonda roʻy bergan voqealarda qatnashgan xodimlar bilan muloqotlar qilishdi. Ushbu jarayonda komissiya aʼzolariga ommaviy tartibsizliklar jarayonida foydalanilgan maxsus texnika vositalari koʻrsatildi. Xususan, tutun chiqaruvchi, rang beruvchi, koʻzdan yosh oqizuvchi va kuchli tovush chiqaruvchi granatalar, suvga qoʻshiladigan maxsus kukun hamda maxsus texnika vositalarining taktik-texnik xususiyatlari tushuntirildi.
Shuningdek, komissiya aʼzolari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va muhokamalarga sabab boʻlgan qizil boʻyoqlarga oydinlik kiritildi. Yaʼni, ushbu holatlar komissiya aʼzolariga amaliy koʻrsatib berildi.
Bundan tashqari, komissiya aʼzolari guruhlarga boʻlingan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “Garesizlik”, “Xalыklar dostlыgы”, “Shayirlar”, “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻlib, fuqarolar, mahalla kayvonilari, yoshlar bilan bilan suhbatlar oʻtkazildi.
Suhbatlar davomida fuqarolar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpogʻistondagi voqealarning zudlik bilan bartaraf etilishi, tinchlik va osoyishtalikka erishish uchun oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlarni alohida eʼtirof etib, keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlardan mamnunligini bildirishdi.
Mahalla faollari taʼkidlashicha, tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish boʻladi.Mamlakatimizdagi tinchlik, osoyishtalik bardavom boʻlsin deya mahalla nuroniylari qoʻllarini duolarga ochishdi.
Komissiya aʼzolarining oʻrganishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring