Komissiya aʼzolarining Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashuvida nimalar ochiqlandi?

17:26 06 Sentyabr 2022 Jamiyat
511 0

Mustaqil Komissiya aʼzolari Xorazm viloyatining Urganch shahridagi 11-son Tergov hibsxonasiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda advokatlar va yaqin qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuv xonalardagi sharoitlar oʻrganishdi.

Shuningdek, Tergov hibsxonasida ushlab turilgan shaxslar bilan suhbatlashildi. Xususan, boʻlib oʻtgan holatlar va voqealarda jinoyat sodir etganligi uchun hibsga olingan Dauletmurat Tajimuratov bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida D.Tajimuratov advokat bilan taʼminlanganini va advokatining u bilan uchrashishida hech qanday qarshiliklar yoʻqligini, oila aʼzolari bilan ham qisqa muddatli uchrashuv oʻtkazilganligini hamda posilka va yoʻqlovlar olayotganini maʼlum qildi.

D.Tajimuratovning soʻzlariga koʻra, unga nisbatan tergov harakatlari davomida va tergov hibsxonasida hech qanday qiynoq, bosim yoki tazyiqlar boʻlmagan. Ovqatlarning sifati va hibsxonadagi boshqa sharoitlarga hech qanday eʼtirozi yoʻqligini bildirdi.

Komissiya aʼzolari tashrif davomida gumon qilinuvchilarning Tergov hibsxonasida saqlanayotgan paytida va tergov jarayonlarida hech qanday huquqlari buzilmagani hamda ruhiy va jismoniy qiynoq holatlariga yoʻl qoʻyilmaganiga guvoh boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?