Komissiya aʼzolari Qoraqalpogʻistondagi ommaviy tartibsizliklar boʻyicha barcha sud jarayonlarida ishtirok etadi

Buxoro viloyat sudida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar boʻyicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda.
Milliy gvardiya hamda Bosh prokuratura masʼullarining iyul oyidagi ommaga elon qilgan maʼlumotlarida namoyishlardagi ishtiroki uchun 516 kishi qoʻlga olingani maʼlum qilingan edi. Jamoatchilikda qolgan shaxslar qayerda degan mazmundagi savollar yuzaga keldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Mustaqil komissiya shuni maʼlum qiladiki, sud jarayonlarida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, qoʻlga olinganlarning 107 nafari Komissiya tashabbusi bilan jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali oʻz oilasi bagʻriga qaytarilgan. Qolgan shaxslar esa maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Sud majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazish boʻyicha komissiya aʼzolarining maʼlum qilishicha, sud jarayonlari qonunchilikka muvofiq oʻtkazilmoqda.
29-noyabr kungi sud jarayonlarida namoyishlarga boshchilik qilgan Dauletmurat Tajimuratovga nisbatan guvohlarning fikrlari oʻrganilmoqda. Komissiya jarayonlarni kuzatib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring