Koʻmir va suyultirilgan gaz boʻyicha muammo mavjudmi?

19:59 19 Oktyabr 2020 Jamiyat
410 0

Bosh prokuratura tomonidan kuz-qish mavsumi uchun aholi va ijtimoiy soha obyektlariga koʻmir mahsulotlari yetkazib berish hamda zaxirasini yaratishda qonun buzilishi holatlarining oldini olish, narx-navo barqarorligini saqlash boʻyicha kompleks chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari huzurida tegishli vazirlik va idora xodimlaridan iborat aholi hamda ijtimoiy soha obyektlariga koʻmir va suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib berishni muvofiqlashtiruvchi idoralararo tezkor shtablar tashkil etildi.

Aholi uchun koʻmir va suyultirilgan gaz yetkazib berishda yuzaga keladigan muammolar yuzasidan alohida “ishonch telefoni”ni tashkil etildi.

Koʻmir mahsulotlari ishlab chiqarilishidan boshlab aholi va ijtimoiy soha tashkilotlari ehtiyojlari uchun yetkazib berish hamda saqlashgacha boʻlgan jarayonlar ustidan doimiy nazorat oʻrnatildi.

Koʻmir mahsulotlarini aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish ahvoli.

Kuz - qish mavsumi uchun aholiga yetkazib berilishi lozim boʻlgan 940 ming tonna koʻmir mahsulotlaridan 32 foizi yoki 300 ming tonnasi "Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan 91 ta hududiy omborlarga yetkazib berilgan boʻlsa, shundan atigi 10 foizi (29 ming tn.) aholi tomonidan olib ketilgan.

Maʼlumot uchun: Andijonda omborlardagi 70 697 tonna koʻmir mahsulotlarining 9 foizi, Namanganda 58 890 tonnadan 2 foizi, Fargʻonada 56 500 tonnadan 5 foizi, Samarыandda 25 303 tonnadan 29 foiz, Buxoroda 12 192 tonnadan 7 foizi va Jizzaxda 6 587 tonnadan 17 foizi, Surxondaryoda 6 441 tonnadan 11 foizi, Xorazmda 18 842 tonnadan 40 foizi, Sirdaryoda 3 329 tonnadan 51 foizi va Qashqadaryoda 8 782 tonnadan 1 foizi aholiga yetkazilgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida aholi tomonidan koʻmir mahsulotlari olib ketilmagan.

Ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish rejalashtirilgan 405,4 ming tonna koʻmir mahsulotlaridan 94 foizi, yaʼni 370 ming tonnasi “Oʻzbekkoʻmir” AJning hududiy omborlariga yetkazilgan. Byudjet muassasalari tomonidan ushbu koʻmir mahsulotlaridan 257 ming tonnasi yoki 74 foizi tashib ketilgan.

Xususan, 40 ming tonna (umumiy ehtiyojga nisbatan 86 foiz) sogʻliqni saqlash, 45 ming tonna (78 foiz) maktabgacha taʼlim, 156 ming tonna (73 foiz) xalq taʼlimi hamda 17 ming tonna (53 foiz) oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari tomonidan qabul qilib olingan.

Pul mablagʻlarini ajratilishi va moliyalashtirilishi.

Byudjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlarini xarid qilish uchun byudjetdan jami 171 mlrd soʻm mablagʻlar iyul-oktyabr oylarida reja - grafik asosida ajratib berilishi belgilangan.

Bu borada mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan koʻrilgan choralar natijasida 9-16-oktyabr kunlari maxalliy byudjetlardan 8,2 mlrd soʻm ijtimoiy soha muassasalariga ajratilishi taʼminlandi.

Biroq, ushbu maqsadlar uchun mahalliy byudjet mablagʻlaridan ajratilishi lozim boʻlgan 143 mlrd soʻm mablagʻdan atigi 43 foizi (62,2 mlrd soʻm) moliyalashtirilgan, xolos.

Maʼlumot uchun: Andijon viloyatiga grafik boʻyicha moliyalashtiriliish belgilangan mablagʻlarning 72 foizi, Fargʻonada - 70 foiz, Surxondaryoda - 67 foiz, Jizzaxda - 63 foiz, Qashqadaryoda 60 - foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 56 foiz, Navoiyda - 51 foiz, Toshkent viloyatida 48 foiz, Namanganda - 47 foiz, Sirdaryoda - 46 foiz, Xorazmda – 35 foiz va Buxoroda 28 foizi amalga oshirilmagan.

Oqibatda, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 9,7 mlrd soʻm (89 foizi), Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 45,3 mlrd soʻm (58 foiz), Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 14,6 mlrd soʻm (57 foiz) va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 3,5 mlrd soʻm (19 foiz) toʻlovlar amalga oshirilmasdan turibdi.

Nazorat tadbirlari natijalari.

Prokuratura organlari tomonidan kuz-qish mavsumi uchun koʻmir mahsulotlarini xarid qilish, taqsimlash, yetkazib berish, saqlash va sarflash jarayonlarida qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha barcha darajadagi vazirlik va idoralarning (Sogʻliqni saqlash, Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim, Energetika, Transport, Moliya, Mahalla va oilani qullab - quvvatlash vazirliklari, “Oʻzbekqumir” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJlari, “Koʻmir yetkazuvchi"unitar korxonasi, viloyatlar hokimliklari va h.k) 400 nafardan ortiq mansabdor va moddiy javobgar shaxslari rasman ogohlantirildi.

Nazorat tadbirlarida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berilayotgan kumir mahsulotlarining sifati va belgilangan talablar asosida saqlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Masalan, “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan ijtimoiy soha obyektlarining koʻmir saqlash omborlari holati oʻrganilganida, Maktabgacha taʼlim vazirligidagi 351 ta, Xalq taʼlimi vazirligidagi 625 ta, Sogʻliqni saqlash vazirligidagi 259 ta hamda Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligidagi 31 ta omborlar mavsumga tayyor emasligi aniqlangan.

Bundan tashqari, joyiga chiqqan holda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida “Oʻzbekkoʻmir” AJga qarashli 91 ta hududiy omborning 55 tasi qoniqarsiz ahvolda ekanligi aniqlandi.

Xususan, Fargʻona (8 ta), Qashqadaryoda (7 ta), Surxondaryo va Jizzaxda – (6 tadan), Navoiyda (5 ta) da mavjud barcha omborlarning tom qismi toʻliq yopilmaganligi, yogʻingarchilik va quyosh nuridan himoyalanmganligi, yongʻin xavfsiligi talablariga jabor bermasligi sababli qoniqarsiz deb topilgan boʻlsa, Samarqandda 12 tadan 7 tasi, Xorazmda 11 tadan 5 tasi, Toshkent viloyatida 7 tadan 3 tasi, Andijonda 7 tadan 6 tasi va Buxoroda 5 tadan 2 tasida shu kabi kamchiliklar qayd etilgan.

Mazkur omborlardagi kamchiliklarni bartaraf etilishi hududiy prokurorlar tomonidan nazoratga olindi.

Koʻmir mahsulotlarining talon-toroj qilinishini oldini olishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, Departament organlari tomonidan shu kungacha bu borada 5 ta jinoyatlar fosh etilib684 tonna koʻmir mahsulotlari talon - toroj qilinishining oldi olindi.

Jumladan:

1.“Oʻzbekkoʻmir” AJning “Karmana koʻmir ombori” xodimlari J.M va A.B 58,5 tonna koʻmir mahsulotlarini goʻyoki “Xatirchi koʻmir ombori”ga yuborilgani haqida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro Gʻ.A.ga har bir tonnasini 510 ming soʻmdan sotayotgan vaqtida ushlangan.

Yoki, “Navoiy koʻmir yetkazuvchi” filiali mansabdor shaxslari jami 71,7 mln. soʻmlik 174tonna tayyor koʻmir briketini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon - toroj qilganlari aniqlangan.

2. Shuningdek, “Oʻzbekkoʻmir” AJning “Fargʻona koʻmir yetkazuvchi” filiali Oltiariq tuman ombori xodimi I.I byudjet tashkilotlariga tarqatish uchun ajratilgan 345 tn koʻmirni 100 mln soʻmga noqonuniy ravishda sotganganligi aniqlangan.

3. Shu bilan birga, “Andijon koʻmir yetkazuvchi” filiali Asaka tuman ombori mudiri M.X 27,5 tn koʻmirni fuqaro D.Xga 15,8 mln soʻmga sotganligi aniqlangan.

4. Shu oʻrinda axoliga murojaat qilib aytish lozimki, bugungi kunda kuz - qish mavsumi uchun aholiga yetkazib berilishi lozim boʻlgan koʻmir maxsulotlari "Oʻzbekkoʻmir” AJ ning 91 ta hududiy omborlarga yetkazib berilmoqda, koʻmir mahsulotlariga extiyoji bor aholi koʻmirni 1 tonnasini 300.300 soʻmdan, koʻmir briketini 412.500 soʻmdan sotib olishlari mumkin.

Agarda ushbu omborlarda qayd etilgan narxdan baland narxda sotish, taʼmagirlik holatlari, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berilishi, uning narxlari bilan yuzaga kelgan muammolar boʻyicha idoralararo tezkor shtablarning kuyidagi “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishlari soʻraladi.

1 Markaziy shtab 71-233-10-07

2 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 61-223-10-07

3 Andijon viloyati 74-234-40-90

4 Buxoro viloyati 65-221-58-26

5 Jizzax viloyati 72-222-82-80

6 Qashqadaryo viloyati 75-226-08-89

7 Navoiy viloyati 79-225-27-29

8 Namangan viloyati 69-234-40-36

9 Samarqand viloyati 66-237-80-00

10 Surxondaryo viloyati 76-224-06-82

11 Sirdaryo viloyati 67-225-17-56

12 Toshkent viloyati 71-250-82-04

13 Fargʻona viloyati 73-226-48-81

14 Xorazm viloyati 62-228-50-16, 62-228-50-20

D.N.Valijanov

Bosh prokuratura boshqarma prokurori

adliya maslahatchisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?