Komil Allamjonov blogerning telefonini tortib olgan soliqchilarni keskin tanqid qildi

Arxiv foto
Soliq idorasi xodimlari bloger Aziz Ashurbayevning telefoni va uning “Instagram” tarmogʻidagi sahifasi olib qoʻygani haqida maʼlumot kelib tushdi, deb yozmoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi direktori Komil Allamjonov oʻzining Tvitterdagi sahifasida.
Uning qayd qilishicha, Davlat soliq qoʻmitasidan ushbu holatni oʻrganib, agarda inspektorning xatti-harakati qonunga zid boʻlsa, chora koʻrilishi talab qilinadi.
“Soliqchilarimiz blogerlarni soliqqa tortish yoki ularga qarshi yuqoridagidek zoʻravonlik qilishdan avval tizimdagi korrupsiyani yoʻqotish, xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish kabi eng dolzarb muammolarni hal etsalar, jamiyatga va iqtisodiyotga koʻproq foyda keltirgan boʻlar edilar.
Shuni alohida taʼkidlashni istar edimki, yurtimizdagi barcha jurnalist va blogerlar Agentligimiz himoyasi ostida. Ularga nisbatan har qanday noqonuniy xatti-harakatga qarshi turishga tayyormiz!“, deya yozib qoldirgan Allamjonov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring