Koʻkdaladagi yongʻinda jabr koʻrganlarning oilalariga yordam puli berildi
Illyustrativ foto
Koʻkdala tumanidagi yuz bergan yongʻinda jabr koʻrganlarning oilalariga yordam pullari ajratildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, yongʻinda halok boʻlgan fuqarolarning oilalariga 100 million soʻmdan, yongʻinda jarohatlangan va ayni damda davolanishda boʻlgan fuqarolarga esa 50 million soʻmdan naqd pul koʻrinishda kompensatsiya toʻlab berildi.
“Ushbu mablagʻlar tuman hokimi hamda hokimlik masʼullari ishtirokida fuqarolarning xonadonlari hamda davolanish joylariga olib borib berildi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari jarohatlangan fuqarolar toʻliq tuzalib ketgunga qadar malakali shifokorlar ularga bepul tibbiy xizmat koʻrsatishi maʼlum qilingan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 16-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yirik yongʻin sodir boʻldi. Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaroning halok boʻlgan.
Avvalroq Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan portlashda 3 kishi halok boʻlgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring