“Koinot”da maroqli taʼtil davom etmoqda

14:45 12 Avgust 2022 Jamiyat
226 0

Foto: Xalq so‘zi

Jizzax viloyati shahar va tumanlarida nogironligi boʻlgan, ijtimoiy daftarlarda roʻyxatga turgan, ehtiyojmand oilalarning 100 nafar oʻgʻil-qizlari Forish tumanidagi “Koinot” bolalar oromgohida yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazmoqdalar.

— Bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun malakali yoshlar yetakchilari jalb qilinib, turli koʻngilochar, madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazilmoqda, — deydi Forish tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Abdumannon Saidxonov. — Oromgohda farzandlarimiz nafaqat dam olishmoqda, balki sport va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarda oʻz iqtidorini yuzaga chiqarish imkoniga ham ega boʻlishmoqda. Har safar oromgohga tashrif buyurganda, rang-barang, yangi kitoblarga boy kutubxona hamisha oʻgʻil-qizlar bilan gavjumligi guvohi boʻlamiz. Bu bolalarimizning kitobga chanqoqligi kishini quvontiradi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?