Kogonda 57 yoshli fuqaro “Olx” tarmogʻi orqali 26 yoshli hamyurtini chuv tushirdi

23:25 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
556 0

Kogon tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra 2021-yil 13-iyul kuni Andijon viloyati Andijon shahri 1-kichik dahasida yashovchi, 1964-yilda tugʻilgan A.U. Kogon tuman Xoʻja Yakshanba mahallasida yashovchi, 1995-yilda tugʻilgan R.M. ning «olx» ijtimoiy tarmogʻiga kompyuterini sotish uchun eʼlon qoʻyganligidan foydalanib, ushbu kompyuterni sotib olishni vaʼda qilgan holda, uni aldab, ishonchiga kirib plastik toʻlov kartasi maxfiy kodi va raqamini olishga erishib, karta hisobidan 1.110.000 soʻmlik pul mablagʻlarini yechib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan A.U. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «v», “G” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu shaxsning xuddi shu va boshqa turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?