Kogon tumanida fuqaroni ichki ishlar organiga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

09:15 16 Sentyabr 2021 Jamiyat
245 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tuman boʻlimi, DXX hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.N. fuqaro Z.ni aldab, unga oʻzini IIB xodimi deb tanishtirib, vakolatli tanishlari orqali ichki ishlar organlariga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?