Kobul aeroporti Qatar va Turkiya koʻmagida oʻz ishini qayta tiklaydi

07:26 04 Sentyabr 2021 Dunyo
755 0

Kobul aeroporti Turkiya va Qatar moliyaviy koʻmakni taqdim etganidan keyin, yaqin ikki kun ichida oʻz faoliyatini qayta tiklashi mumkin, deb xabar qilmoqda Tolo News telekanali “Tolibon” harakati vakiliga tayangan holda. Bu haqda Sputnik manbasi maʼlum qildi.

“Kobul aeroporti Qatar va Turkiya tomonidan koʻrsatiladigan 30 million dollarlik moliyaviy koʻmakdan keyin yaqin ikki kundan soʻng oʻz ishini boshlaydi”, - deya “Tolibon”  vakili Sher Muhammad Abbos Stanekzoy soʻzlaridan iqtibos keltirgan telekanal.

Bundan avval Qatar tashqi ishlar vaziri Qobul aeroporti ochilishi uchun Turkiya bilan olib borilayotgan hamkorlik haqida gapirgan edi.

Sal keyin toliblar Anqara va Doxa ushbu masala bilan shugʻullanishayotganini tasdiqlagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?