Klinik ordinaturaga nomzodlarning test sinovi xarajatlari tegishli tibbiy muassasa tomonidan qoplanadi — SSV
Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan:
2023/2024 oʻquv yilida klinik ordinatura yoʻnalishi boʻyicha imtihonlarni tashkil etish maqsadida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi;
— bu borada foydalaniladigan test variantlari tafsilotlari;
— ularni shakllantiruvchi fan ekspertlari guruhi tasdiqlandi.
Unga koʻra:
— tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallari;
— Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi;
— respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari;
— ilmiy tadqiqot institutlarida klinik ordinatura va internatura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlari bir bosqichli test sinovlari asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.
Bunda har bir talabgor uchun BHMning yarim baravari miqdoridagi toʻlov tegishli tibbiy taʼlim muassasasi tomonidan toʻlab berilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring