Klasterda gʻalla oʻrish kombaynlari soni 50 taga yetdi

12:49 03 May 2021 Iqtisodiyot
265 0

“Art Soft Holdingʼ kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Art Soft Tex Cluster” klaster korxonasi Namangan viloyatidagi Pop va Mingbuloq tumanlari fermer xoʻjaliklari bilan ish olib boradi. Joriy yilda ular tasarrufidagi 19575 gektar maydonga gʻalla ekilgan boʻlib, gektaridan 87-89 sentnerdan hosil olish koʻzda tutilmoqda. Hammasi boʻlib, shartnoma tuzilgan 605 ta fermer xoʻjaligidan 69210 tonna gʻalla xarid qilib olinadi.

Ayni paytda gʻalla parvarishi bilan birga oʻrim-yigʻim tayyorgarligi ham boshlab yuborildi. Xususan, hosilni qisqa muddatda nest-nobud qilmay yigʻishtirib olish maqsadida texnika parki lizing asosida sotib olingan 5 ta qiymati 8.8 milliard soʻmlik zamonaviy kombaynlar bilan toʻldirildi. Germaniyaning “SLAAS“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Dominator-130” rusumli bu texnika yuqori unumga egaligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, ” Art Soft Tex Cluster«ning Pop va Mingbuloq tumanlaridagi mashina traktor parklarida oʻrimga shaylangan kombaynlari soni 50 taga yetdi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?