KXSHT Qozogʻistondan tinchlikparvar qoʻshinlarni olib chiqish sanasini tasdiqladi

01:23 13 Yanvar 2022 Dunyo
376 0

Foto: 4esnok.by

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti(KXSHT)ning tinchlikparvar kuchlari 10 kun ichida Qozogʻistonni tark etadi. Bu haqda tashkilot rasmiy vakili Vladimir Zaynetdinov maʼlum qildi.

Zaynetdinov mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan qayd etilgan 13-yanvarda KXSHT qoʻshinlarini olib chiqishni boshlash sanasini tasdiqladi. Uning taʼkidlashicha, tinchlikparvar kuchlarning oʻz vatanlariga qaytarish sana davlat rahbarining KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas bilan uchrashuvda kelishilgan.

Avvalroq, Zaynetdinov Qozogʻistondagi KXSHT kuchlari garchi ular hayotiga bevosita tahdid tugʻilganda oʻq uzish huquqiga ega boʻlsada, qurol ishlatmaganini aytgan edi. Rasmiy vakilning soʻzlariga koʻra, tinchlikparvar kuchlar safidagi yoʻqotishlar yoʻq.

Qozogʻistonda 2-yanvar, yakshanba kuni avtomobillar uchun gaz narxi litri uchun 60 tangadan 120 tengega oshishi munosabati bilan norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevdan siyosatni tark etishni talab qilishdi.

4-yanvar kuni namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham tartibsizliklar boʻlib oʻtdi. Keyinroq Toqayev hukumat isteʼfosini qabul qildi.

5-yanvar kuni Aqtoʻbeda olomon politsiya oʻrasini yorib oʻtib, Akimat (hokimiyat) binosiga bostirib kirdi. Chimkent va Tarazda ham maʼmuriy binolarga hujumlar uyushtirilgan. Ayni shu kunga kelib, Qozogʻistondagi mitinglar tartibsizliklarga aylandi. Doʻkonlar, banklar talon-taroj qilindi, aeroport binosi, politsiya boʻlimlari, davlat idoralari va infratuzilma obyektlari tortib olindi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev KXSHTga mamlakatni qurolli guruhlardan himoya qilish uchun qoʻshin yuborishni soʻrab murojaat qildi.

Tashkilotning 10-yanvar Qosim-Jomart Toqayev mazkur hodisalarni tashqaridan ilhomlantirilgan davlat toʻntarishiga urinish deb atadi. KXSHTga aʼzo davlatlarning boshqa rahbarlari ham bu pozitsiyaga qoʻshildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?