KXDR Olimpiada oʻyinlarida qatnashishdan bosh tortdi — OAV

09:09 07 Aprel 2021 Dunyo
462 0

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2021-yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashishdan bosh tortgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) qarori haqida maʼlumot berdi.

6-aprel kuni KXDR Milliy olimpiya qoʻmitasining umumiy yigʻilishida koronavirus pandemiyasi sababli oʻz sportchilarini yubormaslikka qaror qilgani maʼlum boʻlgan.

“Ushbu yangilik kontekstdan olingan boʻlishi mumkin. Afsuski, XOQ bir nechta soʻrovlarga qaramay, KXDR MOQ bilan aloqa oʻrnata olmadi. Bu muloqotda KXDRda «COVID-19” bilan bogʻliq vaziyat ham muhokama qilinishi kerak edi», deydi XOQ vakili.

Shuningdek, XOQ KXDR MOQ tomonidan ularni Olimpiya Xartiyasiga muvofiq Olimpiada oʻyinlarida qatnashish majburiyatidan ozod qilish toʻgʻrisida rasmiy bayonot olmaganligini bildirgan.

2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlar joriy yilning 23-iyul — 8-avgust kunlari Tokio shahrida boʻlib oʻtadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa 2020-yildan 2021-yilga qoldirilgan edi. Kasallik tarqalish xavfi tufayli Olimpiada musobaqalarini tomoshabinlarsiz oʻtkazishga qaror qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?