Kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitutsiyaga zid — Rasul Kusherbayev

14:18 03 Sentyabr 2022 Siyosat
1002 0

Foto: Arxiv surat

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2022-2023 oʻquv yili uchun darsliklarning ijara narxlari belgilangandi. Ijtimoiy tarmoqlarda darsliklarning narxi turli munozaralarga sabab boʻlmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ushbu holatga munosabat bildirdi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi”, deb belgilangan.

Ushbu Konstitutsion norma talablaridan kelib chiqilsa davlat umumtaʼlim maktablarida taʼlim berish bilan bogʻliq barcha jarayonlar bepul hisoblanadi. Bunda darsliklar bilan oʻquvchilarni taʼminlash ham.

Shu bois, maktablarda darslik kitoblarni pullik ijaraga berish ham Konstitutsiyaga zid, deb hisoblaymiz.

Bu bizning nuqtayi nazarimiz va uni toʻgʻri, deb hisoblaymiz. Biroq bu boradagi yakuniy xulosani Konstitutsiyaviy sudimiz bildirganida yanada maqsadga muvofiq ish boʻlardi» — deyiladi deputat munosabatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?