Kitob tumanida bu yil 700 gektar maydonda kartoshka yetishtiriladi

22:00 06 Mart 2023 Jamiyat
362 0

Foto: Xalq so‘zi

Prezidentimizning 2020 yil 6-maydagi «Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan mamlakatimizdagi 40 ta tuman kartoshkachilikka ixtisoslashtirilgan edi.

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani ham ana shu hududlar sirasiga kiradi. Shunga koʻra, har yili tumanda katta maydonlarda kartoshka yetishtirilmoqda.

— Joriy yilda tumanimizda 700 gektar maydonda kartoshka yetishtirilishi rejalashtirilgan, — deydi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Kitob tuman ofisi rahbari Azizbek Halilov. — Buning uchun tumandagi «Kitob yetti xazina» MCHJ shaklidagi klaster korxonasi tomonidan 261 ta fermer xoʻjaligi bilan shartnoma tuzilib, mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan, kasalliklarga chidamli va yuqori hosildorlikka ega urugʻ navlari yetkazib berilmoqda.

Ayni vaqtga qadar tumanda 200 gektarga yaqin maydonga kartoshka urugʻlari qadab chiqildi. Kitoblik dehqon va fermerlar qulay ob-havo sharoitida ekish ishlarini yanada jadallashtirish harakatida.

Jahongir BOYMURODOV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер