Kitob oʻrniga telefon koʻtarib yurgan bolalarni koʻrsam ajablanaman — Shohida Uzoqova

14:50 18 Aprel 2024 Jamiyat
43 0

Xabaringiz bor, Fargʻona viloyatida “Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” shiori ostidagi “Kinokarvon” boʻlib oʻtmoqda.

Loyiha aktrisa Shohida Uzoqova Qoʻshtepa tumanidagi maktabda kitobxonlik haqida soʻz yuritdi.

“Men maktabni aʼlo baholarga, oltin medal bilan bitirganman. Hozir ham aʼlochilar alohida eʼtirof etiladi, menimcha. Esimda, 6-sinfgacha maktabimiz kutubxonasining hamma kitoblarini oʻqib tugatganman. Xayolimda oʻsha kitoblar qahramonlariga aylanardim.

Ishonasizmi, davrda chet tili oʻqituvchilari yetishmasdi?! 10-sinf edim, bizga fransuz tili oʻqituvchisi ishga kelgan. Maktabni bitirayotganimda 2 ta yangi soʻzni yodlaganman.

Hozir esa yoshlarga katta imkoniyat yaratib berilgan. Oddiy misol, hozir xorijiy tilni oʻrganish muammo emas, bogʻchadan boshlab oʻqitiladi. Ammo nega yoshlar hozir oʻqish, oʻrganishni sust bilmayman. Men kitob oʻrniga telefon koʻtarib yurgan bolalarni koʻrsam ajablanaman”, deydi Shohida Uzoqova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер