Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini faoliyati takomillashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 2-sentyabrda “Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitalari taklifiga binoan Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qoʻriqxonasi davlat muassasasi negizida umumiy maydoni 3938 gektar boʻlgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi tashkil etildi. Bundan asosiy maqsad – Davlat geologiya qoʻmitasi tasarrufidagi Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi davlat muassasasi hududidagi asrlar davomida shakllangan noyob tabiat yodgorliklari hamda xalqaro eʼtirof etilgan «Zinzilban» geologik kesmasini madaniy makonda tutgan oʻrni va mavqeini yana-da mustahkamlash, hududning geoturizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini tashkil etishdir.
Qashqadaryo viloyatining Kitob davlat geologik qoʻriqxonasi negizida mamlakatimizda zamonaviy geologiya bogʻi (geopark) faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali geologik hamda ekologik turizmni rivojlantirish, yangi turistik marshrutlar yaratish, qoʻriqxonadagi tabiat yodgorliklari, jumladan Zinzilbogʻ kesmasinining noyob geologik tarixi bilan yosh mutaxassislar hamda sayyohlarni tanishtirish, xududda tabiiy geologik obyektlarni saqlab qolish amalga oshiriladi
Mazkur qarordan quyidagi asosiy natijalar kutilmoqda:
— birinchidan, “Kitob geologiya tabiat bogʻi” hududida infrastrukturani rivojlantirish va uning turistik salohiyatini oshirishga erishiladi;
— ikkinchidan, hududga mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilish orqali ularda milliy geologik meros bilan tanishtirish hamda biologik xilma-xillikdan bahramand etish uchun sharoit yaratiladi;
— uchinchidan, hududga yaqin aholi yashash punktlarida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni taʼminlanishiga xizmat qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring