Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM

10:12 10 Avgust 2022 Jamiyat
4230 0

Foto: Illustrativ surat

2022-yil 8-avgust kuni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovi natijalari eʼlon qilindi

8-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar oʻz natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” boʻlimidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot

@e_dtm_mandat1bot

@e_dtm_mandat2bot

@e_dtm_mandat3bot

@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani koʻrish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?