“Kinokarvon” “Maʼrifat bogʻi”dan boshlandi

08:15 18 Aprel 2024 Jamiyat
130 0

“Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostidagi “Kinokarvon” ijodiy loyihasi doirasida bir guruh ijodkorlar Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi. Ushbu loyiha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda.

Mehmonlar tomonidan loyihaning ilk kunida “Maʼrifat bogʻi” tashkil etilib, manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi. Bogʻ uchun maxsus barcha sugʻorish imkoniyatlariga ega joy tanlanishi bilan birga, uning atrofi maʼnaviyat maskanlari, bolalar oʻyingohi, turli xil sayr qiladigan hududlarga ham bogʻlangan.

Maʼlumot uchun, avvalroq, Sirdaryo viloyatida ham “Maʼrifat bogʻi” tashkil qilinib, 200 ga yaqin daraxt koʻchatlari ekilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер