Kimyo va oziq-ovqat texnologiyasi sohasida innovatsiyalarning ahamiyati

14:51 25 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
559 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Xalq xoʻjaligi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda faol ishtirok etayotgan Namangan muhandislik-texnologiya institutida boʻlib oʻtgan  xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ayni mavzuga bagʻishlandi. Pokiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Eron kabi dunyoning 14 davlatidan kelgan yetakchi olimlar qatnashgan anjumanda kimyo, oziq-ovqat hamda kimyoviy texnologiya mahsulotlarini qayta ishlashdagi dolzarb muammolarni yechishda innovatsion texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati qizgʻin muhokama qilindi.

Anjumanda xorijlik olimlar, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, yosh tadqiqotchilar hamda fan doktorlarining qiziqarli maʼruzalari tinglandi. Oʻzaro muloqot va tajriba almashinuv chogʻida Namangan muhandislik-texnologiya institutida oʻqitish sifati, kimyo, oziq-ovqat hamda kimyoviy texnologiya fani boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi Kengash faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, soʻnggi yillarda institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar amaliyotga faol tadbiq qilinayotgani alohida eʼtirof etildi.

Q. NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?