Kimyo boʻyicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari maʼlum boʻldi

19:26 05 Oktyabr 2022 Dunyo
628 0

Foto: Illustrativ foto

Xabaringiz bor, 3-oktyabrdan joriy yil uchun Nobel mukofoti sovrindorlarini eʼlon qilish haftaligi boshlandi.

Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi haftalik doirasida kimyo boʻyicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlarini eʼlon qildi. Ushbu yoʻnalishda nufuzli mukofot Stenford universiteti professori Karolin Rut Bertossi, Kopengagen universiteti professori Morten Meldal hamda Massachusets texnologiya instituti akademigi Barri Sharplessga berildi.

Olimlar «klik-kimyo va bioortogonal kimyoni rivojlantirishdagi hissasi uchun» Nobel mukofotini qabul qilib olishadi.

Barri Sharpless 2001-yilda ham Redzi Noeri va Uilyam Noulz bilan birgalikda “farmatsevtika sanoatidagi tadqiqotlari uchun” Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan edi.

Tarixda faqat toʻrt nafar olim ikki martadan Nobelni qoʻlga kiritgan boʻlib, ular — Jon Bardin, Mariya Sklodovskaya-Kyuri, Laynus Poling va Frederik Sengerlardir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?