Kimlar test sinovlari uchun toʻlov pulidan ozod qilinishi maʼlum qilindi.

13:14 23 Iyun 2022 Jamiyat
184 0

Illyustrativ foto

DTM xodimlari kimlar test sinovlari uchun toʻlov pulidan ozod qilinishi haqida OʻzAga maʼlumot berdi.

2022-yilda taʼlim muassasalarini tugatayotgan akademik litsey, kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari ham toʻlovlarni amalga oshirmaydi.

Bundan tashqari oldingi yillar bitiruvchisi boʻlsa ham maʼlum toifa bitiruvchilari test sinovlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi. Ular nogironligi boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotidagi, ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ham test sinovlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi.

Maʼlumot uchun, toʻlov bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari, yaʼni 150 ming soʻmni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?