Kim va qanday amalga oshirishi kerak? Vazir oʻrinbosari Prezident savoliga javob bera olmadi

15:35 22 Fevral 2021 Siyosat
1250 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida avtomobil yoʻllari, jamoat transporti, ichimlik suvi va markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti kabi fuqarolarni tashvishga solayotgan eng ogʻriqli masalalar boʻyicha loyihalar bilan tanishdi.

Bu haqda “Maxsus rakurs” koʻrsatuvi maʼlum qildi.

Prezident viloyatni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihasiga keskin munosabat bildirgan. Davlat rahbari masʼullar tomonidan taklif etilgan chora-tadbirlarni yaxshi ishlanmagan va tugallanmagan deya taʼrifladi.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari (Saxib Saifnazarov.tahr.) davlat rahbarining suv taʼminoti boʻyicha choralarni kim va qanday amalga oshirishi kerak degan savoliga javob bera olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?