Kim mahalla raisi boʻlishi kerak?

Foto: Illustrativ foto
Mahalla – xalq bilan muloqotning eng muhim boʻgʻini sifatida jamiyatimiz hayotida alohida oʻrin tutadi. U dunyoda oʻxshashi boʻlmagan noyob institut hisoblanadi.
Maʼlumki, joriy yilning may oyida fuqarolar yigʻinlari raislarining vakolat muddati tugaydi. Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senati Kengashining shu yil 16-mart kungi yigʻilishida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovini 2022-yilning may oyida oʻtkazish toʻgʻrisida qarori qabul qilindi.
Shu kuni Kengash qarori asosida ushbu saylovni munosib tarzda oʻtkazish uchun Respublika koʻmaklashuvchi komissiyasi tashkil etildi va uning ish rejasi tasdiqlandi. Muhim jarayonga tayyorgarlik jarayonida barcha mahallalarda ishchi guruhlar faoliyati shakllantirilib, ular tomonidan mazkur saylovni qonun ustuvorligi tamoyili boʻyicha oʻtkazish yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Demak, nomzodga qoʻyiladigan talablar quyidagicha:
nomzodlar, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, qoida tariqasida, oliy maʼlumotli, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi lozim. Tashkilotchilik qobiliyatiga, ish tajribasiga, shuningdek, hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi zarur.
Mahalla raisi (oqsoqoli) qanday vakolatlarga ega?
fuqarolarning muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisida yoki fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza berish;
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etish, yetim bolalar, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga koʻmaklashish;
oilalarda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilishga doir chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, mazkur holatlar toʻgʻrisida reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarini hamda ichki ishlar organlarini zudlik bilan xabardor qilish vakolatiga ega.
Saylov qanday tartibda oʻtkaziladi?
Saylov 5 kun oldin shu mahalla ahli uchun eʼlon qilinishi kerak. Saylovda fuqarolarning vakillari ovoz beradi. Vakillar soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12 foizini tashkil etishi zarur. Aytaylik, mahallada yashovchi oʻrtacha 3 ming saylovchi nomidan 360 nafar vakilning saylovda ishtiroki taʼminlanishi lozim.
Saylov kuni, avvalo, nomzodlarning mahalla uchun qanday ishlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan boʻyicha hisoboti eshitiladi. Hisobot tinglangandan keyin vakil kabinaga kirib, byulletenni toʻldiradi va saylov qutisiga tashlaydi. Byulletenlarni sanash shu yerning oʻzida – vakillarning koʻz oʻngida amalga oshiriladi. Natijalar ham shu joyning oʻzida eʼlon qilinadi. Agar toʻplangan ovoz 50 foizga yetmasa, qayta ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi.
Taʼkidlash joizki, kelasi hafta, yaʼni 16-maydan yurtimizda mahalla raisligiga saylovlar boshlanadi.
Abdulaziz HAMDAMOV,
huquqshunos.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring