Kilian Mbappe faoliyatini qayerda davom ettirishini maʼlum qildi

18:44 10 Avgust 2023 Sport
2645 0

Foto: Reuters

Fransiya terma jamoasi va “PSJ” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubidagi kelajagi borasidagi soʻnggi taklifni qabul qildi. Bu haqda “Le Parisien” xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, hujumchi jamoada qolishga va hech qayoqqa ketmaslikka qaror qilgan. Mbappe klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan uchrashgan. Muloqotda u shartnomasi oxirigacha “PSJ”da qolish niyatida ekanligini aytgan.

Oʻtgan yilning may oyida OAV Mbappe “PSJ” bilan 2024-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, boshqa manbalar futbolchining “Real Madrid” bilan shartnoma imzolaganini ham maʼlum qildi. Ammo bu shov-shuv oʻz isbotini topmadi. Gap shundaki, futbolchi joriy yilning 31-iyul holatiga koʻra jamoani tark etmagani uchun “PSJ”dan sodiqlik bonuslarini olgan.

Oʻtgan mavsumda Mbappe “PSJ” tarkibida 34 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 29 ta gol kiritgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер