Kiyev yaqinida Baykar kompaniyasi 500 ga yaqin kishini ish bilan taʼminlaydigan zavod qurilishini yakunlashi kutilmoqda

12:26 07 Fevral 2024 Dunyo
130 0

Bu haqda Reuters agentligi kompaniya bosh direktori Haluk Bayraktarga tayanib xabar bermoqda.

“Zavodimiz qurilmoqda, uni yakunlash uchun taxminan 12 oy vaqt kerak, keyin esa ichki mashinalar, uskunalar va tashkiliy tuzilmaga oʻtamiz. Ukrainadagi zavod katta, biz 500 ga yaqin odamni ish bilan taʼminlashni rejalashtirmoqdamiz”, — deya maʼlum qildi Bayraktar Ar-Riyoddagi Butunjahon mudofaa koʻrgazmasi chogʻida.

U shuningdek, samaradorlik yiliga taxminan 120 donani tashkil etishini taʼkidladi, ammo Ukraina zavodida ishlab chiqarish qaysi (TB2 yoki TB3) dron modellariga yoʻnaltirilishi hali aniq emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?