Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi

Foto: “Xalq soʻzi”
“Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-193-son, 10.11.2023 y) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinadi.
Kompaniya tomonidan 2024-yil 1-martdan tadbirkorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladi:
— oʻrta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish loyihalariga:
— loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga koʻchmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa koʻrinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish;
— koʻchmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldigʻiga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish;
— kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga:
— kredit (lizing) ajratish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslarni joylashtirish;
— tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish;
— Kompaniya mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar boʻyicha kafillik (portfel kafilligi) taqdim etish;
— 2024-2026-yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga kompensatsiya taqdim etish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring